» » Rossiyalik ofitser granatani qo‘lidan tushirib yuborgan askarni qutqarish vaqtida halok bo‘ldi

Rossiyalik ofitser granatani qo‘lidan tushirib yuborgan askarni qutqarish vaqtida halok bo‘ldi


Rossiyaning Belgorod viloyatida harbiy ofitser jangovar holatga keltirilgan granatani qo‘lidan tushirib yuborgan askarni qutqarish vaqtida halok bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Noxush hodisa 20-mart kuni, tezkor xizmat askarlari okopdan turib jangovar granatalarni otishni mashq qilayotgan vaqtida sodir bo‘lgan. Harbiy xizmatchilardan biri granatani tushirib yuborgan.

“Ofitser gangib qolgan askarni itarib yuborib, o‘z tanasi bilan uni berkitgan. Granataning portlashi oqibatida ofitser og‘ir tan jarohatlarini olgan”, — deyiladi xabarda.

Askarga esa hech qanday shikast yetmagan. Shifokorlarning sa’y-harakatiga qaramay, ofitserni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan. Qahramonlik ko‘rsatgan marhum ofitser davlat mukofotiga tavsiya qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют