» » O‘zbekistonda terrorchilik tashkilotining a’zosi 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi

O‘zbekistonda terrorchilik tashkilotining a’zosi 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi “O‘zbekiston islom harakati” terrorchilik tashkilotining a’zosi, 1977-yilda tug‘ilgan Amirsaid Bаhodirovga 18 yil qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Darakchi.uz” xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi 1990-yillarning boshida diniy aqidaparastlar ta’siriga tushib qolgan. 1998-yilda u Afg‘oniston chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, “O‘zbekiston islom harakati” terrorchilik tashkiloti safiga borib qo‘shilgan. Amirsaid Bahodirov u yerda jangovar mashg‘ulotlar va harakatlarda ishtirok etgan.

“Sud jarayonida ayblanuvchining ma’lum qilishicha, Afg‘onistonda amalga oshirilgan jangovar harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchragach, u jangarilar guruhi tarkibida Pokistonga o‘tib ketgan”, — deyiladi xabarda. 2013-yilda Bahodirov Afg‘oniston—Pokiston chegarasini kesib o‘tishga uringanida qo‘lga olingan va Afg‘onistonda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazo muddati tugagach, u O‘zbekistonning tegishli idoralari qo‘liga topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют