» » Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasidan qachongacha foydalanish mumkin?

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasidan qachongacha foydalanish mumkin?


Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2021-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanalida ma’lumot berildi.

Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2017-yil 1-oktabr – 2018-yil 31-dekabr davrida – eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar – ular egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda, 2019-yil 1-yanvar – 2020-yil 31-dekabr davrida – eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar – majburiy tartibda almashtiriladi.

Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017—2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich – avtomototransport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют