» » Toshkentda yarim tunda devor oshib tushgan bosqinchilar qo‘lga olindi

Toshkentda yarim tunda devor oshib tushgan bosqinchilar qo‘lga olindi


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 20-mart kuni bir guruh bosqinchining jinoiy rejasi amalga oshmadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV boshqarmasi ma’lum qildi.

Shu kuni soat 03:45 atrofida Sh.Isoqov, M.Najimov, I.Shafigullin, K.Aripov va H.Zuhrullayev jinoiy til biriktirib, Hakimzoda ko‘chasida yashovchi S.Mamatovning uyiga bosqinchilik maqsadida devor oshish yo‘li orqali bostirib kiradi va unga tan jarohati yetkazadi.

S.Mamatov bosqinchilarga faol qarshilik ko‘rsatadi va ko‘tarilgan shovqin tufayli ular hech narsa ololmay, voqea joyidan yashirinadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida bosqinchilar qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют