» » Superliga. Terma jamoa o‘yinlari sabab AGMK—“Lokomotiv” o‘yini qoldirildi. “Paxtakor” va “Bunyodkor” ishtirokidagi o‘yinlar sanasi esa o‘zgardi

Superliga. Terma jamoa o‘yinlari sabab AGMK—“Lokomotiv” o‘yini qoldirildi. “Paxtakor” va “Bunyodkor” ishtirokidagi o‘yinlar sanasi esa o‘zgardi


Superliga 4-tur doirasida o‘tkazilishi belgilangan ikkita uchrashuv boshqa kunga ko‘chirildi, bitta o‘yin esa noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda PFL xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, qolaversa, musobaqa o‘tkazish Reglamentida belgilanganidek, klubning uch va undan ortiq futbolchilari terma jamoalarga chaqirilgan taqdirda chempionat uchrashuvini boshqa muddatga ko‘chirish imkoniyatiga ega ekanligidan kelib chiqib, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Senegal hamda Marokashga qarshi hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Keniyaga qarshi o‘tkazadigan uchrashuvlari bois, 4-tur doirasidagi bir qator o‘yinlar boshqa muddatga ko‘chirildi.

Jumladan, ushbu xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida O‘zbekiston terma jamoalarida maydonga tushishi mumkin bo‘lgan tarkibga “Lokomotiv” va “Paxtakor” klublarining bir qator futbolchilari jalb etilgani va ular klublari safiga kechroq yetib kelishlari sabab Superliganing 4-turidagi quyidagi o‘yinlar muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan.

Jumladan, AGMK — “Lokomotiv” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi. “Paxtakor” — “Neftchi” uchrashuvi 30-martdan 31-martga, “Bunyodkor” — “Buxoro” uchrashuvi esa 31-martdan 30-martga ko‘chirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют