» » Tokioda o‘zbek savdo uyi ochiladi

Tokioda o‘zbek savdo uyi ochiladi


Tokioda joriy yil o‘rtalarida milliy mahsulotlarning muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi shou-rumini o‘z ichiga olgan o‘zbek savdo uyi ochiladi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu haqda mamlakat delegatsiyasining Tokioga O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning yangi trendlari investitsiya forumiga rasmiy tashrifi chog‘ida kelishuvga erishildi. Forum ishida Yaponiya davlat tizimlari va muassasalari, banklar, korporatsiyalar, ilmiy-tadqiqot markazlari, oliy o‘quv yurtlari va OAVning 150 ga yaqin vakili ishtirok etdi.

UzTrade va Meiko Corporations loyiha bo‘yicha sheriklarga aylanadi. Ular o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning keng assortimentdagi mahsulotlari namunalarini kelgusida sotish uchun taqdim etib borishni rejalashtirgan.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni yakunlanganidan so‘ng savdo uyiga manziliga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, jumladan, quruq mevalar va gilos, shuningdek, mosh sinov tariqasida yetkazib beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 136) ( 0) ( 135) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют