» » O‘zbekiston Qirg‘izistonga yanvar oyida 1 million dollarlik meva va sabzavot mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga yanvar oyida 1 million dollarlik meva va sabzavot mahsulotlarini jo‘natdi


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delagatsiya Qirg‘izistonga tashrifi chog‘ida 2018—2019-yillarda Qirg‘izistonga 50 million dollarlik yangi va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish, sanoat sohasidagi istiqbolli loyihalarni yanada jadallashtirish kabi masalalarni muhokama qildi. Bu haqdaTashqi savdo vazirligiga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning yanvar oyida O‘zbekiston tomonidan Qirg‘izistonga 1 million dollarlik mahsulot jo‘natilgan.

Tashrif doirasida Bishkek shahrida “Uztrade” AJning savdo uyi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shuningdek, o‘zbek qishloq xo‘jaligi texnikalarini “Ayil bank” tomonidan qayta moliyalashtirish orqali yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Unga ko‘ra, uskunalarning birinchi, ya’ni yig‘ishni tashkil etish uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish uchun maxsus kredit liniyasi hisobidan jami 600 000 dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv va muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют