» » Turkiyalik olim: O‘zbekistonda pista ko‘chatlariga hech qanday ishlov berilmas ekan

Turkiyalik olim: O‘zbekistonda pista ko‘chatlariga hech qanday ishlov berilmas ekan


Uzun tumanidagi Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi yerlarida 30 ming gektarda pista plantatsiyalari tashkil etiladi. Uning 2,5 ming gektari joriy yilda, qolgani 2020-yilgacha tayyor bo‘ladi, 2 ming ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etish joizki, Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida foydalanilmaydigan yer maydonlarida har yili o‘rtacha 350 gektargacha pistazorlar barpo etishga mo‘ljallanmoqda.

Shu kunlarda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Bobotog‘da Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va FAO bilan birga amalga oshirayotgan loyihalari doirasida pistachilikni rivojlantirish, mavjud pista daraxtlarini hosildorligini oshirish va payvand qilish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazmoqda.

Mazkur seminarda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashgan Turkiyaning Gaziantep pistachilik instituti olimi Mexmet Uzun o‘z taassurotlarini so‘zlab berdi.

“Biz Bobotog‘dagi mavjud 30 gektar pistazorni aylanib ko‘rdik. Bu yerdagi daraxtlarning yarimidan ko‘pi erkak navlar. Ularni ilmiy jihatdan kuzatib, erta va kech gullaydiganlarini aniqlab, payvand qilish kerak.

Bizda pista daraxtlari madaniy tarzda parvarishlanadi. Daraxtni butab, unga agrotexnik ishlov beramiz. Pista birinchi yillarda, sekin rivojlanadi. Buni sug‘orish yo‘li bilan tezlashtirish mumkin. Bu borada muvaffaqiyatga erishish uchun pistaning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish zarur. Qoidalarga amal qilib, eng sifatli va mo‘l pista hosilini yetishtiramiz. Undan yaxshigina daromad ham ko‘ramiz.

O‘zbekistonda esa pista ko‘chatlariga hech qanday ishlov berilmas ekan. Ekilgan ko‘chatlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgani bois kam hosil berar ekan. Albatta, parvarish bo‘lmagandan keyin natija ham shunga yarasha bo‘ladi-da.

Daraxtlar yetti yilda nishona ko‘rsatsada, ming yoshgacha meva beradi. Mevasi nafaqat ichki, balki jahon bozorida ham yuqori baholanadi. Bir necha kundan buyon sohaga qiziqayotganlar bilan uchrashib, maxsus ishlov berish va payvand qilish sirlarini o‘rgatayapmiz. Agar barcha agrotexnik tadbirlar tavsiyalarimiz asosida o‘z vaqtida bajarilsa, hozirda 100 gramm hosil berayotgan 20 yoshdagi daraxt keyingi yil 3 kilogramm, undan keyin yana ko‘proq hosil bera boshlaydi. Shu tariqa hosildorlik yildan yilga bitta daraxtda 30 kilogrammdan oshadi”.

O‘rmonchilik mutaxassislarning aytishicha, bir gektar yerda 150-180 ta pista daraxti ekish mumkin. 50 darajagacha issiqqa va 41 darajagacha sovuqqa chidaydi. Hosildor nav bo‘lsa va to‘liq hosilga kirsa, bitta daraxt 100 kilogrammdan ortiq hosil berar ekan. Hosil yaxshi bo‘lganda yiliga o‘rtacha 100 million so‘mdan ortiq daromad ko‘rish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют