» » O‘zbekistonda 1800 gektar maydonda kavrak plantatsiyalari barpo etiladi

O‘zbekistonda 1800 gektar maydonda kavrak plantatsiyalari barpo etiladi


Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida foydalanilmaydigan yer maydonlari ko‘p bo‘lib, ularda har yili o‘rtacha 350 gektargacha pistazorlar barpo etilardi.

O‘zAning yozishicha, endilikda birgina Uzun tumanidagi Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi balansidagi yerlarda 30 ming gektarda pista plantatsiyalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, joriy yilda 2,5 ming gektar pistazor tashkil etiladi. 2018—2020-yillarda pistazorlar 8 ming gektarga yetkazilib, 2 ming ish o‘rni yaratiladi.

Jami pistazorlardan olinadigan hosil 250 tonnani tashkil etadi. Bu faqat pistaning o‘zidan yiliga 15 milliard so‘m sof foyda, degani.

Bundan tashqari, pistazorlar hosilga kirguncha qator oralariga birinchi marotaba kavrak o‘simligini ekish loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha Rossiyaning “TK Kometa” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Kavrak dorivor o‘simlik bo‘lib, xalq tabobatida bo‘g‘in, bronxial astma, sariq kasalligi, ko‘k yo‘tal, sil, diabet, qon ketishiga qarshi, tutqanoq, inson organizmidagi gelmintlarni yo‘q qilish hamda nafas qisishiga qarshi vosita sifatida foydalaniladi.

O‘zbekistonda har yili 8 tonna kavrak xomashyosi tayyorlanmoqda. O‘simlikni madaniy holda yetishtirish mahsulot hajmini keskin ko‘paytirish imkonini beradi.

Loyihaning umumiy qiymati 20 milliard so‘m bo‘lib, shu yil 2,5 ming gektarga, 2018—2020-yillarda 8 ming gektarga (ya’ni pistazorlar orasiga) ekish belgilangan.

Kavrakdan to‘rtinchi yildan mahsulot (shira) olish mumkin. Hosilga kirgandan keyin mahsulot olish hajmi gektariga 40 tonnaga yetadi.

1 kilogramm kavrak narxi 70 AQSh dollariga teng. Asosiy iste’molchi davlatlar Hindiston (yiliga 3,2 ming tonna) va Xitoy (500 tonna)dir. Loyihani amalga oshirish natijasida qo‘shimcha 500 ish o‘rni yaratiladi. 4 yildan so‘ng olinadigan yillik daromad 23 milliard so‘mni tashkil etadi.

2018-yili O‘zbekistonda 1800 gektar maydonda kavrak plantatsiyalari barpo etiladi. Kavrak o‘simligi xomashyosini eksportga yo‘naltirish o‘rmon xo‘jaligidan olinayotgan daromadlarni oshirish va xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 17:45)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют