» » O‘zbekistonda tomorqadan samarali foydalanmaganlik uchun yer solig‘i uch barobar miqdorda undiriladi

O‘zbekistonda tomorqadan samarali foydalanmaganlik uchun yer solig‘i uch barobar miqdorda undiriladi


Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qaror bilan Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga asosan endilikda:

Har yili dekabr-yanvar oylarida xonadonma-xonadon yurib, aholining yil davomida tomorqa yer uchastkasida mahsulot yetishtirish, issiqxona barpo etish, chorva mollari va parranda boqishga bo‘lgan xohishi o‘rganib chiqiladi;

O‘rganish natijalari bo‘yicha har yili 15-fevralgacha tomorqa yer uchastkalari kesimida yetishtiriladigan ekin turlari, issiqxonalar barpo etish, mevali va manzarali daraxtlar ekish hamda chorva mollari, parrandalar sotib olish prognoz ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tuman hokimi qarori qabul qilinadi va bu qaror dehqon xo‘jaliklari boshliqlari va tomorqa yer egalariga yetkazib beriladi;

Tuman hokimi qarori asosida maxsus ishchi guruh tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishi monitoring qilib boriladi;

Monitoring natijasida yuqori hosil olgan hamda tomorqani obodonlashtirgan, chorva mollari va parrandalarning bosh sonini saqlagan va ko‘paytirishga erishgan tomorqa yer egalariga yer solig‘i stavkasini pasaytiruvchi koeffitsiyentini qo‘llash bo‘yicha taklif kiritiladi.

Shu bilan birga, ekin turlari hamda mevali va manzarali daraxtlar ekilmaganligi, chorva mollari sotib olinmaganligi, issiqxona barpo etilmaganligi aniqlansa, tomorqa yer egasiga joriy yil uchun hisoblangan yer solig‘ining uch barobari miqdorini qo‘llashni so‘rab tuman davlat soliq inspeksiyasiga taqdimnoma kiritiladi.

Dehqon xo‘jaligiga nisbatan esa yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют