» » O‘zMTRK Rossiya telekanallari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib boradi

O‘zMTRK Rossiya telekanallari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib boradi


O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida Rossiya Federatsiyasining aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin hamda Rossiya Federatsiyasi prezidentining jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar boshqarmasi maslahatchisi Dmitriy Fatixov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zMTRK raisi Alisher Xo‘jayevning Facebook’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Uchrashuvda Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.

Tomonlar raqamli texnologiyalar zamonida ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik yuzasidan muzokara olib bordi va ommaviy axborot vositalari, jumladan teleradioeshttirish sohasining turli yo‘nalishlaridagi rivojlanish masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Tomonlar Rossiya telekanallari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют