» » MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari 6-aprel kuni Minskda uchrashadi

MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari 6-aprel kuni Minskda uchrashadi


6-aprel kuni Minskda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “Kazinform”.

Majlisda 13 ta hujjat loyihasini ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda, ularning katta qismi Hamdo‘stlik doirasida gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirishga va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.

Tashqi ishlar vazirlari kengashi a’zolari tor formatda xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari va Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni muhokama qilishni, shuningdek, kengashning keyingi majlisi o‘tkazildigan sana va joyni kelishib olishni rejalashtirmoqda.

Keng formatda esa 2017-yilga mo‘ljallangan MDH doirasidagi Tashqi ishlar vazirliklari aro ko‘p darajali maslahatlashuvlar rejasining amalga oshirilishining borishi muhokama qilinadi va 2018-yil uchun shunday reja qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют