» » Britaniyada kinoteatrga tashrif buyurgan erkak boshi o‘rindiqqa qisilib qolishi oqibatida vafot etdi

Britaniyada kinoteatrga tashrif buyurgan erkak boshi o‘rindiqqa qisilib qolishi oqibatida vafot etdi


9-mart kuni Buyuk Britaniyaning Birmingem shahridagi kinoteatrlardan birida tushirib yuborgan telefonini ko‘tarishga egilgan tomoshabinning boshi o‘rindiqqa qisilib qoldi va u buning oqibatida vafot etdi. Bu haqda The Telegraph nashriga tayanib, Hi-Tech.Mail.Ru xabar berdi.

Ismi va yoshi ma’lum qilinmagan tomoshabin hamda uning hamrohi elektron mexanizmlarga ega o‘rindiqlar o‘rnatilgan VIP-zalda o‘tirgan. Erkak telefonini o‘rindiq orasiga tushirib yuborgan va uni topish uchun egilgan. Shu vaqtda vertikal holatda turgan o‘rindiq o‘tirg‘ichi pastga tushib, erkakning boshini polga qattiq ezib qo‘ygan.

Erkak qisilib qolganidan vahima ko‘targan. Uning hamrohi hamda kinoteatr xodimlari erkakni chiqarib olishga uringan, ular o‘rindiqni sindirishga majbur bo‘lishgan. Stress oqibatida erkakning yuragi to‘xtab qolgan. Erkak zudlik bilan shifoxonaga yetkazilganiga qaramay, u 16-mart kuni vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют