» » Nyu-Yorkda politsiyachilar bolalar tomonidan qorbo‘ron qilindi (video)

Nyu-Yorkda politsiyachilar bolalar tomonidan qorbo‘ron qilindi (video)


Nyu-Yorkning Bruklin borosida (tuman) qor to‘pchalari bilan “qurollangan” bolalar to‘dasi huquq-tartibot xodimlariga hujum qildi. Patrul xizmati xodimlari mazkur “jang”da mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda NBC telekanaliga tayanib, Forum Daily xabar berdi.

Patrul xodimlaridan biri bolalar tarafga o‘tgan va hamkasblariga qarshi hujum uyushtirishda ularga yordam bergan.

O‘nga yaqin qiz va bolalar tibbiy lateks qo‘lqoplarida qor otib, patrullar atrofida yugurib yurgan.

Keyinroq, ofitserlar ortga qaytib bolalarga yangi, issiq qo‘lqoplarni olib kelib, sovg‘a qilgan.

Mazkur video Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 50 ming martadan ortiq tomosha qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют