» » O‘zbekiston va Qozog‘iston yana bir avtobus marshrutini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston yana bir avtobus marshrutini yo‘lga qo‘yadi


O‘zbekiston va Qozog‘iston yaqin oylarda Toshkent—Olmaota marshruti bo‘yicha ikkinchi davlatlararo avtobus reysini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

2018-yilning yanvar oyi boshida O‘zbekiston va Qozog‘iston Toshkent—Chimkent—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ygan edi.

“Hozir Qozog‘iston vakolatli organlari bilan muzokalar olib bormoqdamiz, Toshkent—Olmaota marshrutini ochishni rejalashtirmoqdamiz. Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysidan Qozog‘iston shaharlariga yangi marshrutlarni tashkil etish bo‘yicha rejalar mavjud. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qatnovchi mazkur mamlakat hududidan o‘tuvchi tranzit muhokama etilmoqda”, — deydi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari o‘rinbosari Shoolim Shovahobov.

U ishga tushgan marshrutdan bir necha oy davomida 2,5 mingdan ortiq yo‘lovchi foydalanib ulgurganligi va ular soni muntazam oshib borayotganligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют