» » Olmaota va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnovlar haftasiga 10 marotaba yetkaziladi

Olmaota va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnovlar haftasiga 10 marotaba yetkaziladi


Qozog‘iston Respublikasi investitsiya va taraqqiyot vaziri Jenis Qasimbekov Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobuslar, avia va temiryo‘l qatnovlarini ko‘paytirish borasidagi rejalar bilan bo‘lishdi, deb xabar berdi “Kazinform”.

“O‘tgan yili bizda (O‘zbekiston va Qozog‘iston) muntazam qatnaydigan avtobus reyslari mavjud emasdi. 2017-yilning kuzida Toshkent—Chimkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni yo‘lga qo‘ydik. Biz ushbu avtobuslar o‘zini oqlaganini ko‘rayapmiz. Shu sababli hozirda biz Toshkentdan Ostona va Olmaotaga, shuningdek, Tarozga reyslarni yo‘lga qo‘yishni taklif qilayapmiz, O‘zbekiston tomoni esa Samarqand va o‘zining boshqa turistik shaharlarga reyslarni taklif qilmoqda… Bundan tashqari Ostona va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini to‘rttadan yettitaga, Olmaota va Toshkent o‘rtasidagi qatnovlarni esa yettitadan o‘ntaga qadar ko‘paytirmoqdamiz”, — deydi Jenis Qasimbekov Ostonada bo‘lib o‘tgan ikki mamkalat o‘rtasidagi hukumatlararo komissiyaning 17-yig‘ilishida.

Shu bilan birga “Olmaota—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha poyezdlar qatnovi ham oshiriladi. 18-martdan boshlab mazkur yo‘nalish bo‘yicha haftasiga uch marotaba poyezdlar qatnaydi. Aprel oyidan esa Ostona—Samarqand yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlari muntazm qatnovlarni amalga oshira boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют