» » AQSh qirg‘oqlarida noma’lum jonzot qoldiqlari topildi (video)

AQSh qirg‘oqlarida noma’lum jonzot qoldiqlari topildi (video)


Jorjiya shtatidagi Wolf Island National Wildlife Refuge qo‘riqxonasida dam olayotgan amerikalik Jeff Uorren va uning o‘g‘li bo‘yni uzun va boshi kichkina noma’lum dengiz jonzotiga duch keldi. Uning tanasini cho‘qilayotgan baliqchi quchlar odamlar yaqinlashgach uchib ketgan, deb xabar berdi National Geographic.

Turistlar isbot sifatida noma’lum jonzotni videoga olgan. Ular dengiz jonzoti qoldiqlarini qadimiy pleziozavr yoki afsonalarga ko‘ra Jorjiya havzalarida yashaydigan Altamaxa-xa suv osti maxluqiga qiyoslashgan.

Internetda tarqalgan videolar sabab biologlar mazkur maxluqning jasadi joylashgan hududga keldi. Biroq ular dengiz jonzotiga aloqador hech qanday izni topa olmagan. Mutaxassislarning taxminicha, turistlar shunchaki mulyajdan foydalanib, jamoatchilik bilan hazillashgan bo‘lishi mumkin.

“Videodagi maxluqning ko‘rinishi Wikipedia’dagi maqolada joylashgan illyustratsiyaga o‘xshaydi”, — deydi biologlardan biri.

Olimlarning fikricha, Altamaxa-xa maxluqi bu shunchaki torpedasimon shaklga ega Missisipi balig‘i bo‘lishi mumkin. U Shimoliy va Markaziy Amerikada keng tarqalgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют