» » Toshkentdan Issiqko‘lga poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Qatnovlar har payshanba kuni amalga oshiriladi

Toshkentdan Issiqko‘lga poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Qatnovlar har payshanba kuni amalga oshiriladi


22-martdan yozgi mavsum uchun “Toshkent—Bishkek—Ribachye—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l aloqasi ishga tushirildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Issiqko‘l qirg‘og‘igacha haftaning payshanba kunlari Toshkent Markaziy vokzalidan 20:50 da yo‘lga chiqiladi.

Yo‘lga 25 soat-u 39 daqiqa sarflanadi. Bishkekka poyezd 16:03 da yetib boradi, Ribachye (Baliqchi) posyolkasiga esa — 22:29 da. Toshkentga poyezd shanba kuni 1:59 da otlanib, yakshanba kuni 5:30 da poytaxtga yetib keladi.

300 yo‘lovchiga mo‘ljallangan poyezd birinchi klass (СВ-yotoqli vagon), 5 kupe, 2 ta platskart va vagon-restoranni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq 2018-yildan Toshkentdan Issiqko‘l bo‘yidagi Ribachye shahriga yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют