» » Toshkentda “Toshkentlend”ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “Toshkentlend”ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi


Yangi mavsum boshlanishi munosabati bilan bog‘da yirik ko‘ngilochar dastur tashkil etiladi. 25-mart, yakshanba kuni Disneylend nomi bilan tanilgan poytaxtning ko‘ngilochar bog‘i — “Toshkentlend” yangi mavsumda o‘z ishini boshlaydi.

Bog‘ning ochilishi hamda bahorning go‘zal bayrami Navro‘zni nishonlash munosabati bilan 25-mart kuni sizlarni ajoyib shou, ko‘ngilochar dastur, bolalar ertaklaridagi eng sevimli qahramonlar, raqs, ashula, yutuqli o‘yinlar, bayramona mazali sumalak va ko‘plab qiziqarli lahzalar kutmoqda!

“Bu yil biz muntazam ravishda animatorlarni jalb etgan holda mavzuga oid tadbirlar va maxsus dasturlar, ko‘plab ko‘ngilochar shoularni tashkillashtirish, shuningdek, noodatiy kvestlar va bir qator mavzuga oid hodisalarni tashkillashtirishni rejalashtirganmiz. Maqsadimiz — bolalarga hayratlanarli taassurotlarni va haqiqiy bayram hissini hadya etishdir”, — deya “Toshkentlend” va Akvabog‘ni o‘z boshqaruviga olgan yangi jamoa direktori Saidaxror Qodirov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Rejalashtirilgan tadbirlar haqida ommani xabardor qilish uchun bog‘ ma’muriyati Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida sahifalar ochishdi.

Bog‘ ish tartibi: soat 10:00 dan 22:00 ga qadar, dam olish kunlarisiz.

Chiptalarni oldindan, 24-mart kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha “Toshkentlend” kassalaridan xarid qilish mumkin.

Xizmatlar haqi

Kattalar uchun: 30 000 so‘m

Bolalar uchun: 15 000 so‘m (3 yoshdan 12 yoshgacha)

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga boqqa kirish bepul.

Chiptalarni xarid qilgach, mehmonlar bog‘da butun kun davomida yurishlari va attraksionlardan chegaralanmagan tarzda foydalanishlari mumkin.

Bog‘lanish uchun telefon: 146-50-00

Manzil: Amir Temur ko‘chasi, 107.

Mo‘ljal: Akvabog‘, TATU, Teleminora

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют