» » Fransiya janubida odamlarni garovga olgan jinoyatchi o‘ldirildi. Garovga olinganlarning uch nafari halok bo‘ldi

Fransiya janubida odamlarni garovga olgan jinoyatchi o‘ldirildi. Garovga olinganlarning uch nafari halok bo‘ldi


Fransiya janubidagi Treb kommunasida joylashgan supermarketda odamlarni garovga olgan shaxs o‘ldirildi. Garovdagilar ozod qilindi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Kommuna meri Erik Menassiga ko‘ra, halok bo‘lganlardan biri supermarketda ishlagan qassobdir. Do‘konda yana bir kishi halok bo‘lgani ma’lum.

Uchinchi qurbon esa jinoyatchi olib qochgan avtomobil yo‘lovchisidir.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ro‘y bergan voqeani terakt sifatida baholadi. Odamlarni garovga olgan jinoyatchi o‘zini “IShID askari” deb atagani, shuningdek, Parij va Bryusseldagi teraktlar ijrochisi Saloh Abdulslomni ozod etishni talab qilgani ma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют