» » O‘zbekistonlik haydovchi tojikistonlik mehmonlarga mashinada unutib qoldirilgan smartfonni qaytarib berdi

O‘zbekistonlik haydovchi tojikistonlik mehmonlarga mashinada unutib qoldirilgan smartfonni qaytarib berdi


O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun viza rasmiylashtirmasdan qo‘shni mamlakat hududida 30 kungacha bo‘lish imkoniyati yaratilganidan so‘ng tojikistonliklar Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkentda bo‘lib, sayohat qilmoqda, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Ana shunday mehmonlardan biri — Tojik milliy universiteti talabasi Said Nosirxon Ma’rufzoda Toshkent shahrida o‘zi duch kelgan bir hodisa va undan olgan katta taassuroti haqida Facebook’dagi guruhlardan birida yozdi:

Assalomu alaykum! Do‘stlar Toshkentda biz bilan ro‘y bergan bir voqeani sizlarga ham aytib bermoqchiman.

Biz Megaplanet savdo markaziga yetib olish uchun mashina to‘xtatdik va o‘zimiz bilmagan holda unda yangi qimmatbaho smartfonimizni unutib qoldiribmiz (gap shundaki, hali O‘zbekiston sim-kartasini sotib olishga ulgurmagan edik, bizning Tojikiston sim-kartasi esa bu yerda ishlamas ekan) va o‘yladik: “Ha, mayli, nima bo‘lsa, bo‘ldi, shahar katta o‘sha mashinani baribir topa olmaymiz”. Tasavvur qilayapsizmi, oradan o‘n daqiqa o‘tar-o‘tmas o‘sha mashina haydovchisi savdo markaziga kelib bizni topdi va smartfonni qaytarib berdi.

Undan “Qanday qilib topdingiz, axir u orqa o‘rindiqda tushib qolgan edi-ku?” deb so‘radik. Shunda u bizdan keyin chiqqan mahalliy o‘zbek mijoz telefonni ko‘rib qolib, unga topshirganini aytdi. Axir topgan ham va uni olgan ham smartfonni o‘zida qoldirib bildirmasdan ketishi mumkin edi-ku (ularning har ikkisi ham qahramonlar, ha qahramonlar! Chunki bizning zamonimizda bunday insonlar juda kam) va o‘z vaqti hamda benzinini ayamay bizni topdi-yu, qaytarib berdi. Biz uni pul bilan mukofotlamoqchi bo‘ldik, bilasizlarmi, u nima deb javob qaytardi: “Biz qardosh xalqlarmiz, sizlar esa bizning mehmonimizsiz va mening o‘rnimda boshqa bo‘lganida ham xuddi shunday qilgan bo‘lardi”(shunday kamtar javob berdi) hamda mukofotni qat’iy rad etdi.

Yakunda shuni aytishni istardimki, bizni O‘zbekiston qardosh xalqi juda iliq va xursandchilik bilan kutib olyapti. Buning uchun katta rahmat!

Rasmda o‘rtamizda bizning qahramon.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют