» » Toshkentdagi Inha universitetida IBM Technology Academy forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi Inha universitetida IBM Technology Academy forumi bo‘lib o‘tdi


Toshkentdagi Inha universitetida IBM Technology Academy forumi bo‘lib o‘tdi. Unda xorijiy va mahalliy AT-kompaniyalarining o‘nlab vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IBM hamda RRC kompaniyalari tomonidan tashkil etildi.

Ikki kun mobaynida forum ishtirokchilari, jumladan, yetakchi xorijiy kompaniya xodimlariga axborot texnologiyalari sanoatining turli yo‘nalish va tendensiyalari, so‘nggi rusumdagi kompyuter, tarmoq uskunalari va jamlanmasining imkoniyatlariga bag‘ishlangan yigirmadan ortiq taqdimot va ma’ruzalar namoyish qilindi.

Forum doirasida mamlakat mutaxassislari eng so‘nggi nusxadagi server va kompyuter jamlanmalarining o‘ziga xos xususiyatlari, Power9 yangi arxitekturasidagi protsessorlarning xususiyatlari, ularning afzalliklari hamda avvalgi nusxalaridan farqli jihatlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, “bulutli” texnologiya hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish sohasidagi so‘nggi texnik ishlanmalar namoyish etildi.

Laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarda forum ishtirokchilariga mustaqil ravishda eng yangi tarmoq uskunalaridan foydalangan holda ishga layoqatli korporativ tarmoqni yaratish taklif etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют