» » Shavkat Mirziyoyev Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarorni imzoladi


Ozbekiston Prezidentining Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Qarorda bank xizmatlari istemolchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat korsatish madaniyati va bank tizimiga bolgan ishonchni yanada oshirishdagi bir qator muammo va kamchiliklar sanab otilgan. Xususan:

Kreditlarni ajratish boyicha qaror qabul qilishda vakolatlar haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari ortasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga tosqinlik qilmoqda;

Kredit buyurtmalarini korib chiqishning murakkab mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatlarini chegaralamoqda;

Tijorat banklari tomonidan mikroqarzlar ajratilishi imkoniyatining mavjud emasligi mikroqarzlarni olish darajasini oshirishni taminlamayapti, mikrokredit tashkilotlar va lombardlarning xizmatlari boyicha yuqori foiz stavkalari aksariyat holatlarda istemolchilarning moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelmoqda;

Chakana bank xizmatlari bozorining past darajada rivojlanganligi va mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yolga qoyishning zamonaviy yondashuvlari mavjud emasligi ortiqcha byurokratiya va sansalorlik uchun zamin yaratmoqda;

Bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish boyicha davlat protsessing tashkilotining mavjud emasligi chakana tolov tizimlarining xavfsizlik, uzluksizlik va ishonchlilik darajasiga tasir korsatmoqda va aholining keng qatlamlari uchun ochiq innovatsion loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy texnologik yechimlarni ilgari surishga tosqinlik qilmoqda;

Kreditlarni (mikroqarzlarni) korib chiqish va ajratish uchun xizmat haqlari va boshqa tolovlarning undirilishi qarzning real qiymati oshishiga olib kelmoqda;

Shartnomalarga xizmatlar uchun tariflar, ajratilgan kreditlar va qabul qilingan depozitlar boyicha foiz stavkalarni bir tomonlama ozgartirishni nazarda tutuvchi shartlarni kiritish, shuningdek, bir xizmatni qoshimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan korsatish bank xizmatlari istemolchilarining huquqlarini buzmoqda;

Bank tolov kartalaridan chet el valyutasini yechish boyicha cheklovlarning mavjudligi va bankomatlar sonining yetarli emasligi valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishda xizmat korsatishni talab darajasida taminlamayapti.

Qarorga muvofiq, bank xizmatlari ommabopligini oshirishni taminlash va bank xizmatlari istemolchilarining huquqlarini himoya qilish Ozbekiston Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Markaziy bankning tarkibiy tuzilmasida bank xizmatlari istemolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taminlash, moliyaviy ochiqlikni va aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish asosiy vazifalari bolgan Bank xizmatlari istemolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilganligi qayd etildi.

Markaziy bankka bank xizmatlari istemolchilarining huquqlarini himoya qilish vazifalarini bajarishda:

bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari istemolchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olish;

bank xizmatlari istemolchilari huquqlarining buzilishiga yol qoygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari korilishini taminlash;

bank xizmatlari istemolchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va komaklashish;

moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish va bank xizmatlari istemolchilarining savodxonligini oshirishga alohida etibor qaratish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-03-2018, 08:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -