» » Meksikada AQShdan kelgan butun boshli oilaning a’zolari o‘lik holda topildi

Meksikada AQShdan kelgan butun boshli oilaning a’zolari o‘lik holda topildi


Meksikaning Tulum kurort shahrida to‘rt nafar AQSh fuqarosining jasadi topildi. Aniqlanishicha, ularning barchasi bir oilaning a’zosi bo‘lgan. Bu haqda New York Post’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ota, ona hamda 7 va 12 yoshli ikki nafar bolakayning jasadi Tulumdagi turistik kompleksdan topilgan. Meksika politsiyasi marhumlar tanasida zo‘ravonlik izlarini topmadi.

Ayni vaqtda mazkur oila Meksikaga 15-martda kelgani ma’lum, xolos. 21-mart kuni ular AQShga qaytishni rejalashtirgan, biroq bu amalga oshmay qolgan. Shundan so‘ng oilaning yaqinlari politsiyaga murojaat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют