» » Saytdagi arzon usta toshkentliklarni chuv tushirdi

Saytdagi arzon usta toshkentliklarni chuv tushirdi


Hozirgi kunda Ozbekistonda kopchilik xizmatlar yuzasidan Olx.uz saytiga murojaat qiladi. Zero, bu yerdan istalgan xizmat korsatuvchilarni topish mumkin, deya xabar beradi OzA.

Uyini tamirlatish maqsadida bolgan Yelena ham ushbu saytga kirib, arzon usta topadi. U bilan qongiroqlashib, uchrashishga kelishib oladi. Yelena Kazakovaning Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan kop qavatli uydagi xonadoniga kelgan usta xonadonni kozdan kechirib, qurilish mollari va xizmat haqi 1840 dollar bolishini aytadi. Ayol unga aytilgan pulni berib yuboradi.

Saytga kirgan Bahodir Nabiyev ham aynan shu arzon ustaga qongiroq qiladi. Chilonzordagi Makro supermarketiga yetib kelgan usta shu yerda joylashgan bolalar oyingohini tamirlab berish uchun 450 dollar soraydi. Qurilish mollari uchun 300 dollarni olib ketadi.

Saytga tashrif buyurgan yana bir foydalanuvchi Gulnoza Karimovaning etiborini ham aynan shu usta tortadi. Bu ayol bilan Chilonzordagi Ilon-ota jome masjidi yaqinida korishgan usta xonadonini tamirlab berish uchun uning 5 million 755 ming pulini oladi.

Usta ozidan darak bolmagach, mijozlar uni qidirishga tushishi, ustidan tegishli joyga arz qilishini bilsa-da, ozini bilmaganga solib, bir amallab juftakni rostlash rejasini tuzayotgandi.

Ammo korilgan tezkor tadbir tufayli firibgarlikni kasb qilgan Laziz Xudoyberganovning qollariga kishan taqildi.

Sud jarayonida jabrlanuvchilar va guvohlar, ayblanuvining korsatmalari asosida sodir etilgan jinoyat oz isbotini topdi, deydi Jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar Chilonor tumani sudi sudyasi Sarvar Oripov. Asli Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Xudoyberganov aldash yoli bilan ozgalarning ishonchiga kirish va uni suiistemol qilib kelgani malum boldi.

Sudlanuvchiga nisbatan jazo turi va muddatini belgilashda uning aybiga toliq iqrorligi va chin kongildan pushaymon bolgani, muqaddam sudlanmaganiga etibor qaratildi. Ammo u mazkur jinoyatni garazli va past niyatda sodir etgan.

Mazkur jinoyatni oqibatida yetkazilgan zararning qoplanishi ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qollashni istisno etadi. Biroq sudlanuvchi olgan pullarini oz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan va ularni egalariga qaytarmagan.

Shu sababli sud Laziz Xudoyberganovga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash maqsadga muvofiq, deb topdi. Unga uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va yetkazilgan zararni tolashi sud hukmida oz aksini topdi.

Bu voqea Olx.uz saytiga elon joylashtirgan hamma ustalar ham shundayligini anglatmaydi, albatta. Bu bizga guruch kurmaksiz bolmasligini yana bir bor isbotladi, deyiladi OzA xabarida.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-03-2018, 14:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -