» » London metrosida terakt sodir etgan 18 yoshli iroqlik qochoq umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi

London metrosida terakt sodir etgan 18 yoshli iroqlik qochoq umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi


London metrosida portlash uyushtirgan iroqlik qochoq Ahmad Hasan Buyuk Britaniyada umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu kabi qarorni London Markaziy jinoyat sudi qabul qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Hasan bir hafta oldin aybdor deb topilgan bo‘lib, u 34 yildan so‘nggina muddatidan oldin ozodlikka chiqish imkoniyatiga umid qilishi mumkin. 18 yoshli iroqlik fuqaroning sudda aytishicha, u hech kimga jarohat yetkazishni istamagan va o‘z harakatlarini amalga oshirayotgan vaqtda “stressda bo‘lgan” hamda “zerikishdan aziyat chekkan”.

Shuningdek, Ahmad Hasanning ma’lum qilishicha, uni Iroqda IShID jangarilari o‘g‘irlab ketgan va o‘z lagerlarida jangovar mashg‘ulotlarda qatnashishga majburlagan.

Hasan Britaniyadagi o‘gay ota-onasi bilan birga yashagan va London yaqinidagi kollejda o‘qigan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilning 15-sentabrida Londonning Parsons-Grin stansiyasida Hasan joylashtirgan bombaning bir qismi portlagan.

Mavzuga doir: IShID London metrosida ro‘y bergan portlash bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют