» » Iskandariya markazida portlash yuz berdi, qurbon bor

Iskandariya markazida portlash yuz berdi, qurbon bor


Misrning Iskandariya shahri markazida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi tan jarohati oldi. Bu haqda, Misr nashrlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Extra News telekanali axborotiga ko‘ra, portlash shahar xavfsizlik xizmati boshlig‘ini yo‘q qilish maqsadida uyushtirilgan bo‘lishi mumkin — ichiga portlovchi uskuna o‘rnatilgan mashina aynan boshliqning korteji o‘tayotgan vaqtda portlab ketgan.

Qayd etishlaricha, portlash oqibatida Iskandariya shahri xavfsizlik xizmati boshlig‘iga zarar yetmagan.

Avvalroq Misr Ichki ishlar vazirligi mamlakatda faoliyati taqiqlangan “Musulmon birodarlar” tashkilotiga aloqador aqidaparastlar guruhi qo‘lga olingani, bu aqidaparastlar Misr prezidenti saylovi arafasida tartibsizliklar uyushtirishni maqsad qilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Misr prezidenti saylovinnig birinchi turi 26—28-mart kunlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Mamlakatning amaldagi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy saylovning yaqqol favoriti sanaladi. “Al-Ged” partiyasi rahbari Muso Mustafo Muso — Sisiyning saylovdagi yagona raqibidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют