» » “Toshturma” buzib tashlanadi. Uning o‘rnida xiyobon quriladi

“Toshturma” buzib tashlanadi. Uning o‘rnida xiyobon quriladi


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan va “Toshturma” nomi bilan tanilgan 1-son hibsxona bino va inshootlari Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga o‘tadi.

Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali tarqatgan axborotga ko‘ra, bu haqdagi tegishli farmoyish O‘zbekiston hukumati tomonidan 22-mart kuni chiqarilgan.

Toshkent shahar hokimligiga “Toshturma”ni uch oy ichida buzish, so‘ng buzishdan bo‘shagan yer maydonini obodonlashtirish va unda zamonaviy xiyobon (dam olish maskani) barpo etish vazifasi yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, xalq orasida “Toshturma” nomi bilan mashhur bo‘lgan mazkur hibsxona yanvar oyida Zangiota tumaniga ko‘chirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют