» » Seul ma’muriyati ishda ushlanib qolmasliklari uchun xodimlarining kompyuterlari majburiy o‘chirilishini ma’lum qildi

Seul ma’muriyati ishda ushlanib qolmasliklari uchun xodimlarining kompyuterlari majburiy o‘chirilishini ma’lum qildi


Seul ma’muriyati ishda ushlanib qolmasliklari uchun juma kunlari xodimlarining kompyuterlari o‘chirib qo‘yilishini bildirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Tashabbus 30-martdan boshlanadi, uch oy davom etadi va uch bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqichda kompyuterlar 20:00, ikkinchisida — aprel oyida 19:30 va uchinchisida — may oyida har juma 19:00 da o‘chiriladi.

Meriya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kompyuterlarning avtomatik tarzda o‘chirilishi barcha xodimlarga taalluqli bo‘ladi. Faqat favqulodda holatlarda istisnoga yo‘l qo‘yiladi.

Shunisi ham borki, davlat xizmatchilarining 67 foizi o‘zlarini kompyuterlarni majburiy o‘chirish dasturiga kiritmaslikni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют