» » Namanganda o‘gay farzandlari tomonidan ko‘chaga haydalgan 69 yoshli ayol uyiga qaytarildi

Namanganda o‘gay farzandlari tomonidan ko‘chaga haydalgan 69 yoshli ayol uyiga qaytarildi


Namangan viloyatida Pop tumani “Yangiyer” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1949-yilda tug‘ilgan, pensioner Shirmonoy Mirzaahmedova Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudiga murojaat qilib, uzoq yillardan buyon yashab kelgan uy-joyiga kiritib qo‘yish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritgan, deb xabar beradi O‘zA.

23-mart kuni Pop tumanidagi mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha tashkil etilgan respublika ishchi guruhi ishtirokida “Yangiyer” MFYdagi 52-maktabda sayyor sud majlisi ochiq tartibda, sudya Iqbol Ko‘chkinova tomonidan o‘tkazildi. Unda keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.

Shirmonoy aya 1980-yil 10-aprelda Rustamjon Kurchiyev bilan shar’iy nikohdan o‘tadi. 5 nafar farzandli Rustamjon akaning birinchi xotini vafot etgani sababli, unga ikkinchi xotin sifatida turmushga chiqadi. Ular orasida farzand dunyoga kelmaydi va oila boshlig‘i 2006-yil 30-mayda olamdan o‘tadi.

“Men turmushga chiqqanimda bu bolalar jujuq edi. Oq yuvib, oq tarab, mushtdayligidan voyaga yetkazdik, uyli-joyli qildik. 1984 yilda yer uchastkasini olib, uch yildan keyin uni qurib-bitkazib, uyga ko‘chib kirdik. Yillar davomida uyga qo‘shimcha xonalar, omborxonalar qurdik. Ammo bugungi kunga kelib, o‘gay qizim Turdinisa Qurchiyeva, uning qizi Bashorat Qurchiyeva meni o‘z uyimga sig‘dirmasdan ko‘chaga haydashdi. Men Turdinisaning birinchi nikohidan bo‘lgan qizi Bashoratni u keyinchalik boshqa nikoh qurgach, o‘zim katta qilib oldim. Oltinchi bor nikohdan ajrab kelgach, bu uyga meni sig‘dirmay qo‘ydi. 4—5 oydan buyon Ko‘rnos qishlog‘idagi ukamni uyida yashab yuribman”, — deydi da’vogar Shirmonoy Mirzaahmedova.

Sudya Iqbol Ko‘chkinova taraflar tushuntirishlarini atroflicha tinglab, ish hujjatlarini atroflicha tahlil qilib, hal qiluv qarorini chiqardi. Da’vogar uy-joydan va binodan foydalanish huquqiga egaligi sababli yashab turgan uyiga majburiy tartibda kiritishga qaror qilindi. Bu qaror bo‘yicha appelyatsiya va kassatsiya tartibida murojaat qilish mumkinligi aytib o‘tildi. Mol-mulkka egalik huquqi bo‘yicha esa alohida tartibda sudga murojaat etish mumkinligi tushuntirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют