» » Namanganda iste’molchi murojaatidan so‘ng avariya holatidagi temir-beton tayanch o‘nglandi

Namanganda iste’molchi murojaatidan so‘ng avariya holatidagi temir-beton tayanch o‘nglandi


Namangan viloyatining Norin tumani, Kemaboshi mahallasida istiqomat qiluvchi Jo‘raxon Sultonova 16-mart kuni xonadoni oldidagi temir-beton tayanch yemirilib, avariya xolatiga kelib qolganligi yuzasidan “O‘zbekenergo”ning Telegram’dagi kanaliga murojaat yo‘lladi. Bu haqda “Daryo”ga “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” mutasaddilari ma’lum qildi.

Aksiyadorlik jamiyati bosh direktori J. Rizayev tomonidan murojaat o‘rganilib, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddi xodimlarga topshiriq berildi. Norin tuman elektr ta’minoti korxonasi murojaatchining manziliga ishchi guruh yubordi.

Ishchi guruh vaziyatni o‘rganib, temir-beton tayanchni qisqa muddatda o‘z holatiga keltirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mahalla fuqarolari ham ishchi guruhga amaliy yordam ko‘rsatdi. Temir-beton tayanchning aholiga xavf tug‘diradigan holati to‘liq bartaraf etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют