» » Farg‘onada yoshlar yetakchilariga Prezident sovg‘alari — Spark va Damas’lar topshirildi (foto)

Farg‘onada yoshlar yetakchilariga Prezident sovg‘alari — Spark va Damas’lar topshirildi (foto)


Navro‘z bayrami shodiyonalari munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyati tuman, shahar Kengashi raislariga Spark va Damas avtomashinalarining kalitlari topshirildi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Prezident sovg‘alarini viloyat hokimi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi tantanali ravishda topshirdi.

— Bayram biz uchun ikki hissa quvonchli bo‘ldi. Yurtboshimiz tomonidan taqdim etilgan Spark avtomashinasi maqsadimiz yo‘lida xizmat qilib, olis manzillarimizni yaqin qiladi. Endi har qanday olisda yashayotgan yoshlarimizning ham manfaatini himoya qilishda qiyinchilikka duch kelmaymiz. Har bir berilgan imkoniyatdan biz, Yoshlar yetakchilari minnatdormiz, — deydi Quvasoy tuman Kengashi raisi Bekzod Fozilov.

Shuningdek, tadbir davomida “Kamalak” bolalar tashkilotiga ham Damas avtomashinasi taqdim etildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu rag‘bat yoshlar yetakchilariga imtiyozli kredit asosida shaxsiy mulk sifatida berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют