» » Chechenistonda Ramzan Qodirovning federal qidiruvdagi jinoyatchi bilan uchrashuvi haqidagi xabarlarga javob qilishdi

Chechenistonda Ramzan Qodirovning federal qidiruvdagi jinoyatchi bilan uchrashuvi haqidagi xabarlarga javob qilishdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, federal qidiruvga berilgan sobiq maslahatchisi Shaa Turlayev aslida “tinch hayotga qaytgan” va “insoniy jasorat namunasi” hisoblanadi. Shu tariqa Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Jambulat Umarov Qodirov to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda Turlayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini ko‘rsatganidan keyin OAVlarda paydo bo‘lgan xabarlarni izohladi, deb yozadi “RBK”.

“U odam o‘z vaqtida jangovar harakatlarni to‘xtatdi, tinch hayotga qaytdi, yoshlarni terrorchilar targ‘ibotiga berilmaslikka chaqirmoqda. U qattiq adashganini aytmoqda. Shaa — nogiron, bitta oyog‘idan ayrilgan… Nima, u sudlaganmidi?” — dedi Umarov.

U OAVlarda paydo bo‘lgan xabarlarni “g‘irt safsata”, Turlayevning o‘zini esa “buyuk tavba-tazarru namunasi” deb atadi.

Avvalroq Checheniston rahbari o‘z tanishi bilan tushlik qilmoqchi bo‘lgan Benoy qishlog‘idan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya olib borgan, shunda Xasavyurt sobiq meri Saygidpasha Umaxanov va siyosatchi Isa Yamadayevga nisbatan suiqasd tashkillashtirilishi haqidagi ish bo‘yicha 2010-yildan buyon federal qidiruvda bo‘lgan Turlayev ham kadrga tushib qolgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют