» » MyTaxi’dan eng tejamkor yo‘lovchilar uchun “Oddiy” tarifi

MyTaxi’dan eng tejamkor yo‘lovchilar uchun “Oddiy” tarifi


Agarda siz Toshkent bo‘ylab taksida harakatlanmoqchi bo‘lsangiz, sizda ko‘plab variantlar mavjud — rasmiy tashuvchilardan tortib, ko‘p miqdordagi norasmiy taksichilargacha. MyTaxi mart oyida keng imkoniyatli “Oddiy” tarifini taqdim etdi. Yangi taklif bilan tanishish sizga qiyinchilik tug‘dirmasligi uchun barcha ma’lumotlarni imkon qadar batafsil tushuntirishga harakat qilamiz.

Kim uchun?

“Oddiy” tarifi qisqa masofaga harakatlanuvchi va iqtisodiy jihatdan mablag‘larni tejovchi insonlarga mo‘ljallangan. U ish joyidan 2—3 bekat narida yashovchilar, o‘z farzandlarini maktab va bog‘chaga eltuvchi onalar uchun juda qulay. Endi yomg‘irda yo‘l bo‘ylab yugurish yoki quyosh nurlarini kaftlaringiz bilan berkitgan holda ishga shoshishingiz shart emas.

Bu nega foydali?

Odatda biz uzoq masofaga harakatlanganimizda rasmiy taksi xizmatlaridan foydalanamiz. Qisqa marshrutlarda esa shaxsiy avtomobilida odam tashuvchilardan ortiqroq so‘raydigan rasmiy taksilarning “minimal” chaqiruvi foydali emas, albatta. “Oddiy” tarifi minimal tushunchasini bekor qiladi, biroq “avto xizmat”ni joriy etadi — bu sizga yaqin yo‘l bo‘yiga qadar yurib bormasligingizni hamda o‘zining shaxsiy avtomobilida odam tashish bilan shug‘ullanuvchilar bilan savdolashmasdan ajoyib qulaylikni juda kam mablag‘ evaziga taklif etuvchi xizmatdir.

Yaqqol ko‘rinishi uchun yangi “Oddiy” tarifini “Ekonom” tarifi bilan solishtirib ko‘raylik

Uch kilometrdan ortiqroqqa harakatlanilganida MyTaxi’ning “Ekonom” hamda “Oddiy” tariflari o‘rtasidagi farqi 400 so‘mni tashkil etadi.

Nega bu qulay?

Mijozlar uchun arzonroq xizmatlarni taklif etish, uning sifatini yomonlashishidan darak bermaydi. “Oddiy” va “Ekonom” tarifidagi avtomobillar bir xil. Aslida, yo‘lovchi rasmiy tashuvchining qulayliklarini safarga chiqish narxidan oladi. Bunda siz quyidagi holatlardan qutulasiz:

Taksida harakatlanish kayfiyatni buzishi va charchoq olib kelishi emas, balki hordiq vaqti bo‘lishi lozim.

Foydali maslahatlar

Agarda siz harakatlanadigan yo‘nalishingiz necha kilometr ekanligini bilmasangiz, manzilgacha bo‘lgan svetoforlarni sanang. Shahar markazida odatda ular orasidagi masofa 400 metrga teng.

“Oddiy” tarifi shaxsiy avtomobilidagi taksichilik qiluvchilarga muqobildir. Endi siz narx va qulaylikdan qaysi birini tanlasam ekan, deb xunob bo‘lmaysiz.

Mobil dasturga havola 

Telegram-botga havola 

Facebook’ka havola 

Instagram’ga havola 

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют