» » O‘tgan hafta davomida onlayn-auksionlar orqali 943 million so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

O‘tgan hafta davomida onlayn-auksionlar orqali 943 million so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi


O‘tgan hafta davomida tovar xomashyo birjasining onlayn-auksionlari orqali 71 ta avtomobil raqamlari sotildi. Ularning 56 tasi jismoniy shaxslarga, 15 tasi esa yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat avtomobil raqamlarining umumiy qiymati 943 million so‘mni tashkil etgan, deb xabar berdi “Review.uz”.

Kimoshdi savdolari natijasida sotilgan avtomobil raqamlarining 61 foizini premium klass, 24 foizini 2-toifa hamda 15 foizini 3-toifali avtoraqamlar tashkil etgan.

O‘tgan haftada sotib olingan davlat avtomobil raqamlarining 29 foizi Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyati (17 foiz), Farg‘ona va Namangan viloyati (tegishli ravishda 14 va 13 foiz) egalladi. Qolgan viloyatlarning ulushi umumiy hisobda 27 foizga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют