» » Qidiruvda bo‘lgan marg‘ilonlik qamoqxonaga emas, o‘z oilasi bag‘riga qaytdi

Qidiruvda bo‘lgan marg‘ilonlik qamoqxonaga emas, o‘z oilasi bag‘riga qaytdi


Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan marg‘ilonlik Botirjon Ibragimov o‘z ixtiyori bilan O‘zbekistonga qaytgani uchun unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilmay, o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Farg‘ona viloyatida maxsus qidiruvda bo‘lib, O‘zbekistonga o‘z ixtiyori bilan qaytayotganlarni kechirish, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shahar va tumanlarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Marg‘ilonlik Botirjon Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) jinoyatni sodir etib, to‘rt yil xorijda qidiruvda yurdi. O‘tgan davr mobaynida o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘ldi hamda o‘z ixtiyori bilan yurtiga qaytishga qaror qildi. “Farg‘ona” aeroportiga tushgan Ibragimov qamoqxonaga emas, o‘z oilasi bag‘riga topshirildi. Ayni kunlarda ichki ishlar idoralari tomonidan ochiqda tergov ishlari olib borilmoqda.

“Bugungi kunda joylarda qidiruvda bo‘lgan shaxslarning oila-a’zolari bilan suhbatlar, tushuntirish ishlari tashkil etilmoqda, — deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Umidjon Soliyev. — Haqiqatdan ham ular o‘z ixtiyori bilan qaytsa, belgilangan ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, o‘z uyida, oilasi bag‘rida bo‘ladi. Botir Ibragimov ham birinchilardan bo‘lib, qaytgani uchun unga nisbatan qamoq jazosi qo‘llanilmadi. Albatta, tergov harakatlari tugagandan so‘ng, sud unga o‘z hukmini chiqaradi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют