» » “Mashinasi portlab ketibdi, o‘z joniga qasd qilibdi deyishsa, ishonmanglar”. Kattaqo‘rg‘onda halok bo‘lgan o‘qituvchi fojiasini yoritgan taniqli jurnalistga tahdid qilinmoqda

“Mashinasi portlab ketibdi, o‘z joniga qasd qilibdi deyishsa, ishonmanglar”. Kattaqo‘rg‘onda halok bo‘lgan o‘qituvchi fojiasini yoritgan taniqli jurnalistga tahdid qilinmoqda


Samarqandlik jurnalist Karimberdi To‘ramurod 14-mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida magistral yo‘lni tozalashga olib chiqilgan maktab o‘quvchilaridan biri — 23 yoshli Diana Yenikeyevaning o‘limi tafsilotlarini yoritganidan so‘ng turli bosim va tahdidlar bo‘layotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

“Mening o‘zimdan qahramon yo avliyo yasash niyatim yo‘q. Menga suiqasd qilishadigan darajada katta ish ham ko‘rsatganim yo‘q. Ammo siz, aziz Facebook’doshlar, hamkasblar, bir narsani bilib qo‘yishlaringizni istayman: Diana fojeasini yoritganimdan so‘ng turli tahdidlar, g‘arazli, haqoratli qo‘ng‘iroqlar, turli idoralar tomonidan bosimlar, qo‘rqitib qo‘yishlar, cho‘chitib qo‘yishga intilishlar ko‘payib ketdi”, — deb yozadi jurnalist Facebook’dagi sahifasida.

“‘Falon raqamli mashinada yurar ekansiz, mashinalar o‘z-o‘zidan yonib ketadi, portlab ketadi, ustiga ‘KamAZ’ chiqib ketadi, shunaqa hodisalardan qo‘rqmaysizmi?’ degan tahdidlar bo‘ldi. Qaysi kuni peshin namoziga masjidga piyoda chiqsam, uyimdan chiqqan joyimda bir raqamsiz mashina ustimga haydadi, sal qoldi urib ketishiga. Zo‘rg‘a o‘zimni chetga olishga ulgurdim”, — deydi Karimberdi To‘ramurod.

U bo‘lib o‘tayotgan hodisalarni sanab o‘tar ekan, OAV xodimlariga quyidagicha murojaat qildi:

“‘Karimberdi To‘ramurodning mashinasi portlab ketibdi’, ‘mashinasi yonib ketibdi’, ‘mashinasining ustiga ‘KamAZ’ chiqib ketibdi’, ‘Karimberdi To‘ramurod bedarak yo‘qolibdi’, ‘Karimberdi To‘ramurod o‘z joniga qasd qilibdi’, ‘o‘zini osib qo‘yibdi’ yo ‘o‘zini daryoga tashlabdi’, ‘Karimberdi To‘ramurod yurak yetishmovchiligi tufayli to‘satdan vafot etibdi’ degan gaplar chiqsa, ‘Karimberdi To‘ramurodning yonidan yoki mashinasidan giyohvand modda chiqibdi’, ‘qurol chiqibdi’, degan gaplar tarqatilsa, ishonmanglar! Shunday gaplar chiqsa, bu rejalashtirilgan ish bo‘ladi”.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun “Gazeta.uz” Karimberdi To‘ramurod bilan bog‘landi.

“Haqiqatan ham, davlat raqami bo‘lmagan oq Nexia avtomobili ustimga haydadi. Agar yo‘l chetidagi ariqdan bu yoqqa o‘tib qolmaganimda bosardi. O‘tgan kuni kechasi 9:30?10:00 larda esa bir kishi qo‘ng‘iroq qilib: ‘Senmi o‘qituvchini himoyachisi, seni onangni falon qilay, ayolingni falon qilay, qizingni falon qilay’, — dedi. Bu odamning kimligini topsa bo‘ladi”, — dedi jurnalist.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют