Kobullik o‘zbek jurnalisti: Toshkent xalqaro konferensiyasiga afg‘on xalqi katta umid bog‘lamoqda
BBC’ning Kobuldagi o‘zbek xizmati muxbiri Fozil Ahmad Yalg‘uz Toshkentda o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyaning ahamiyati xususida fikr bildirib o‘tdi. Uning so‘zlarini O‘zA keltirmoqda.
Biz o‘zbek tilida mintaqaga, qo‘shni davlatlarga oid materiallar tayyorlaymiz. Afg‘onistonda yashayotgan o‘zbeklar uchun ko‘pgina sharoitlar yaratilgan. O‘zbek tilida ko‘plab kitoblar chop etilmoqda. Maktablarda o‘zbek tilida dars o‘tiladi. O‘zbek millatiga mansub aholi ta’lim, tarbiya, iqtisodiy yo‘nalishlarda mehnat qilmoqda.
O‘zbekiston so‘zi xalqimiz uchun tinchlik qiyofasini, tinchlik so‘zining ma’nosini aslida nima ekanligini his etishga ko‘mak bermoqda. Toshkent haqida ko‘p bora eshitgan, internetda u haqda o‘qigan bo‘lsam-da, aslida uni yanada maftunkor ekaniga guvoh bo‘ldim.
Yurtingiz juda go‘zal mamlakat, ayniqsa, tinchlik, osoyishtalik, havosining yoqimli ekani mening havasimni keltirdi. Odamlarni madaniyati, mehri ko‘nglimni quvnatdi Bir hafta shu yerda qolmoqchiman. Niyatim, bizning Afg‘onistonimiz ham O‘zbekiston singari tinch bo‘lsin, rivojlansin.
Prezidentingiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro konferensiyasi ijobiy natija berishiga ishonaman. Vaholanki, bu hamkorlikka jafokash afg‘on xalqi katta umid bog‘lamoqda.
Fozil Ahmad Yalg‘uz, BBC’ning Kobuldagi o‘zbek xizmati muxbiri
Manba: Daryo.uz