» » Namanganda hojatxonadan telefonni chiqarib olishda zaharlangan uchinchi odam ham vafot etdi

Namanganda hojatxonadan telefonni chiqarib olishda zaharlangan uchinchi odam ham vafot etdi


Namanganda hojatxonadan telefonni chiqarib olishda zaharlangan uchinchi odam ham vafot etdi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Pop tumanida 25-mart kuni Oybek mahallasida yashagan, 1986-yilda tug‘ilgan B. Rahmatov uyi hovlisida joylashgan hojatxonasiga tushib ketgan iPhone’ni olish maqsadida qo‘shnisi, 1985-yilda tug‘ilgan E. Niyazovni yordamga chaqirgan.

B. Rahmatov arqon yordamida hojatxona ichiga tushgan va hushini yo‘qotgan. E. Niyazov uning ortidan tushib, u ham hushini yo‘qotgan.

Shundan so‘ng B. Rahmatovning birga yashovchi otasi, 1956-yilda tug‘ilgan H. Rahmatov ularni qutqarish maqsadida hojatxonaga tushgan vaqtida u ham is gazidan zaharlangan.

Jabrlanuvchilar FVV viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan chuqurdan olib chiqilganlarida E. Niyazov va B. Rahmatovlar zaharlanib, voqea joyida halok bo‘lgani aniqlangan. H. Rahmatov esa kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda H. Rahmatov ham vafot etgani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 01:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют