Portugaliya “uchar gollandlar” tomonidan tor-mor etildi, Kavani Urugvayga g‘alaba keltirdi, Qozog‘istonda mag‘lubiyat
Kecha, 26-mart dushanba kuni FIFA kunlari doirasida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, amaldagi Yevropa chempionlari Portugaliya terma jamoasi Niderlandiya termasiga qarshi maydonga tushdi. Krishtianu Ronaldu va uning jamoadoshlari mazkur o‘yinda 0:3 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berdi. O‘yin taqdiri birinchi bo‘limning o‘zidayoq hal etildi.
Qo‘shni Qozog‘iston terma jamoasi esa Bolgariyaga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Urugvay terma jamoasi Xitoyda o‘tgan Xalqaro o‘rtoqlik musobaqasida Uelsni Edinson Kavani tomonidan kiritilgan gol evaziga mag‘lub etdi.
O‘rtoqlik uchrashuvlari
26-mart, dushanba
Gollar: 0:1 – 11 Memfis Depay, 0:2 – 32 Rayan Babel, 0:3 – 45 Virjil van Deyk.
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (44), Tete (56), de Ron (72).
Chetlatish: Joau Kanselu (61).
Gol: 0:1 – 49 Edinson Kavani
Gollar: 1:0 – 23, penalti Popov, 1:1 – 55 Tungishbayev, 2:1 – 90 Bodurov.
Gollar: 1:0 – 13 Pukki, 2:0 – 23 Taymi, 3:0 – 27 Pukki, 4:0 – 85 Yensen, 5:0 – 88 Soyri.
Gol: 0:1 – 70 Rusted.
Ogohlantirishlar: Yuxansen (75), Mavray (83).
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
