» » Vladimir Putin aks etgan eng mashhur jurnallar muqovalari (fotogalereya)

Vladimir Putin aks etgan eng mashhur jurnallar muqovalari (fotogalereya)


“Vedomosti” Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18 yil davomida qaysi jurnallar muqovalarida aks ettirilganini yodga oldi.

2000-yil mart. Time jurnali. “Soyadan chiqish. Ammo Rossiyaning keyingi prezidenti bo‘ladigan odam jumboq bo‘lib qolmoqda” nomli maqola chop etildi.

2001-yil yanvar. Time jurnali. “Putin Rossiyasi. Prezidentning avtoritarligi oshib borgani sari, mashhurligi ham o‘sib bormoqda”.

2003-yil noyabr. Time jurnali. YuKOS rahbari Mixail Xodorkovskiy hibsga olinganidan keyin “Rossiya prezidenti boshqaruvning sovetcha uslubiga qaytayaptimi?” degan maqola chiqarildi.

2006-yil 16-dekabr. The Economist jurnali. Rossiya tomonidan energetika resurslari “suiiste’mol qilinayotgani haqida “Rossiya bilan o‘ynashmang” sarlavhali maqola chop etildi.

2007-yil. Time jurnali Putinni mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash yo‘lidagi harakatlari uchun “yil odami” deb e’lon qildi.

2008-yil 16-avgust. The Economist Rossiyaning Gruziya bilan qurolli nizosidan keyin “Rossiya qayta tiklanmoqda. G‘arbning javobi qanday bo‘ladi?” degan maqola chiqardi.

2014-yil yanvar. Sochidagi Olimpiada arafasida The New Yorker muqovasida Vladimir Putin figurachi sifatida tasvirlandi.

2014-yil 10-mart. Germaniyaning Der Spiegel jurnali. Muqovadagi sarlavha: “Qasddan o‘t qo‘yuvchi. Putinni kim to‘xtatib qoladi?”

2014-yil mart. Qrim Rossiyaga qo‘shilgach, The Economist “Yangi dunyo tuzumi” sarlavhali maqola chiqardi.

2014-yil avgust. Malayziya Boeing’i halokatidan so‘ng Time “Ikkinchi sovuq urush. G‘arb xavfli o‘yinda Putinga yutqazmoqda” sarlavhali maqola chop etdi.

2016-yil avgust. The Week “Putin tomonidan kuchning namoyon qilinishi. Moskva AQSh siyosatiga aralashyaptimi?” sarlavhali maqola chiqardi.

2018-yil aprelida muqovasida Putin egniga kostyum, boshiga toj kiygan holatda tasvirlangan Time jurnali chiqadi. Muqovaga qaraganda, Mixail Zigarning “Yuksalib borayotgan sar. Vladimir Putin yuqorida qolishni qanday rejalashtirmoqda?” sarlavhali maqolasi chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 16) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют