» » Harbiy ekspert kelajakda eng qudratli armiyalarga ega bo‘ladigan mamlakatlarni ma’lum qildi

Harbiy ekspert kelajakda eng qudratli armiyalarga ega bo‘ladigan mamlakatlarni ma’lum qildi


2030-yilga kelib, AQSh, Rossiya, Fransiya, Hindiston va Xitoy dunyodagi eng kuchli quruqlikdagi armiyalarga ega bo‘ladi. Bu haqda harbiy ekspert Robert Farli The National Interest uchun yozgan maqolasida ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.

Amerika armiyasi 12 yildan keyin jahon “oltin standarti” bo‘lib qoladi, deb hisoblaydi Farli. Sovuq urush tugaganidan buyon Pentagon, shu jumladan, Iroq va Afg‘onistonda jangovar operatsiyalar bo‘yicha ahamiyatli tajriba to‘pladi. Shu bilan birga, amerikaliklar yirik harbiy budjetga va dunyodagi eng katta uchuvchisiz uchar qurilmalar parkiga ega.

Rossiya qurolli kuchlari, o‘z navbatida, SSSR tarqalgach, og‘ir davrni boshdan kechirdi, deyiladi maqolada. Ammo kerakli darajada moliyalashtirilishi tufayli Rossiya armiyasi qayta tiklangan va endi soni va malakasi bilan qo‘shnilarini qo‘rqitmoqda, deb yozadi Farli.

Maqolada qayd etilishicha, Yevropa mamlakatlaridan Fransiyagina qudratli qurolli kuchlarini saqlab qoladi. Hindiston raqobatchilaridan harbiy texnologiyalar borasida ortda qolmoqda, ammo ularni AQSh, Rossiya va Yevropadan sotib olishdan pul ayamaydi.

Xitoy quruqlik armiyasiga real jangovar harakatlar tajribasi yetishmaydi, ammo Pekin “deyarli cheklanmagan jonli kuch”dan foydalanish imkoniyatiga ega, deyiladi maqolada.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют