» » O‘zbekistonda kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidentining respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xomashyosini qayta tashkil ishlash hajmlarini ko‘paytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga binoan tashkil etilayotgan Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi, shu jumladan kavrak plantatsiyasini tashkil etuvchilarga plantatsiya tashkil etish va xomashyo yetishtirish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatish va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Qaror bilan kavrak plantatsiyalarini tashkil etish parametrlari tasdiqlandi.

Xususan, 2018—2021-yillarda jami 9500 gektar joyga kavrak ekilib, undan 2550 tonna hosil olinishi rejalashtirilgan.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlariga ikki oy muddatda kavrak o‘sadigan hududlarni xatlovdan o‘tkazish va aniqlangan zahira yer maydonlarini doimiy foydalanish uchun uyushma a’zolariga ajratib berilishini ta’minlash vazifasi yuklandi.

Ma’lumot uchun, jahon bozorida 1 kilogramm kavrak narxi 70 dollar turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 10:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют