» » “Chopar” va Les Ailes vakili: Yong‘in qisqa tutashuv oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin emas

“Chopar” va Les Ailes vakili: Yong‘in qisqa tutashuv oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin emas


26-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Les Ailes fast-fud restorani va “Chopar” pitsseriyasida yuz bergan yong‘inga elektr simidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin emas. Bu haqda restoran tarmog‘i vakili Spot’ga ma’lum qildi.

“Tunda elektr toki butunlay o‘chirilishi sabab yong‘in qisqa tutashuv sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin emas”, — deydi kompaniya vakili.

Avvalroq, Toshkent shahar IIBB yong‘in qisqa tutashuv oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, restoranlar tarmog‘i vakilining aytishicha, elektr simi haqidagi ma’lumotlar simlar joylashgan devorning yonayotganini ko‘rgan qorovul sabab tarqalgan bo‘lishi mumkin.

“Ayni vaqtda yong‘in sababi aniqlanmoqda. Biz ko‘plab versiyalarni aytishimiz mumkin, biroq, hatto o‘t o‘chiruvchilar ham hozircha aniq xulosalarni bildirmadi”, — deya qo‘shimcha qiladi tarmoq vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Chopar Pizza o‘z filialini qayta tiklaydi va Les Ailes ishini aprel oyidan yana yo‘lga qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, 26-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Les Ailes fast-fud restorani va “Chopar” pitsseriyasida yong‘in yuz bergani haqida xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют