» » Germaniya—Braziliya, Ispaniya—Argentina, Angliya—Italiya. Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlari anonsi

Germaniya—Braziliya, Ispaniya—Argentina, Angliya—Italiya. Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlari anonsi


Futbol muxlislarini bugun katta futbol oqshomi kutib turibdi. Avvalroq xabar berilganidek, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Shuningdek, bugun 27-mart, juma kuni FIFA kunlari doirasida bir nechta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ular orasida ko‘rishga arzirli bir nechta o‘yinlar bor.

23-mart kuni ikki terma jamoa ham FIFA kunlari doirasida o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida mag‘lub bo‘lgan edi. Rossiya Braziliya 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Fransiya 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda Kolumbiyaga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Bugun ikkala terma jamoa bir-biriga qarshi maydonga tushadi.

Braziliya terma jamoasi bugun so‘nggi Jahon chempionatidagi 7:1 hisobidagi mag‘lubiyatni tasodif ekanligini isbotlashga urunib ko‘radi. Shubhasiz, bugunning eng chiroyli o‘yinlaridan biri Germaniya hamda Braziliya terma jamoalari o‘rtasida kechadi.

Angliya va Italiya o‘rtasidagi o‘yin ham futbol muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda.

Lionel Messi bugun “Barselona”dagi sheriklariga qarshi maydonga tushadi. Xulen Lopetegi shogirdlari esa Messi va uning jamoasidan kuchli ekanliklarini isbotlashga harakat qiladi.

Quyida bugun bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari va ularning vaqti ko‘rsatilgan.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

27-mart, seshanba

O‘rtoqlik uchrashuvlari

28-mart, chorshanba

Eslatma: O‘yinlar vaqti Toshkent vaqti bilan berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют