» » Xitoyda halol mahsulotlarga arabcha yozuv tushirish taqiqlandi

Xitoyda halol mahsulotlarga arabcha yozuv tushirish taqiqlandi


Xitoy shimoli-g‘arbida halol mahsulotlarga arab tilida yozuv tushirish taqiqlandi, deb yozadi The Global Times.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mahsulotlar yorliqlarini o‘zgartirish haqidagi qaror Ninsya-Xuey muxtor tumanida qabul qilingan. Restoranlar va do‘konlar ham arabcha nomlarini o‘zgartirishi kerak. Endi “halol mahsulot” degan yozuv iyerogliflar bilan ham, pinin (transkripsiya) bilan ham yozilishi kerak. Qator supermarketlarda yorliqlari almashtirilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar peshtaxtalardan vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, bu ushbu hududdagi bunday turdagi yagona o‘zgarish emas. Martda Inchuanda arab me’morchiligi an’anaviy xitoycha me’morchilik bilan uyg‘unlashgan ko‘cha rekonstruksiya qilinishni boshladi. Jamoatchilik hududi 2016-yilda arab dunyosining Xitoy bilan yaxshi aloqalarini namoyish qilish uchun yaratilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют