» » BAAda tamaki va energetik ichimliklarga 100 foizlik aksiz solig‘i joriy etildi

BAAda tamaki va energetik ichimliklarga 100 foizlik aksiz solig‘i joriy etildi


BAA tamaki va energetik ichimliklarga 100 foiz aksiz solig‘i joriy etdi. Endi ularning narxi ikki barobar ko‘tariladi. Bu haqda  “RIA Novosti”  xabar berdi.

Arabian Business nashriga ko‘ra, hozirda Amirliklardagi barcha do‘konlar ham mazkur mahsulotlarga narxlarni oshirgani yo‘q. Mahsulotlar qonun kuchga kirgunga qadar olingan bo‘lsa, sotuvchilar ularni eski narxlarda sotishi mumkin.

Saudiya Arabistoni avvalroq — iyun oyida Fors ko‘rfazi arab davlatlari orasida birinchi bo‘lib tamaki mahsulotlari va energetik ichimliklarga 100, gazli ichimliklarga esa 50 foiz aksiz soliqlari qo‘llagandi.

Shuningdek, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi birgalikda qo‘shimcha qiymat solig‘ini joriy etish to‘g‘risida kelishib oldi. BAA va Saudiya Arabistonida ushbu soliq kelgusi yil yanvaridan kuchga kiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-10-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют