» » Toshkent viloyatida davlat mulki faqat E-ijro auksion orqali sotiladi va ijaraga beriladi

Toshkent viloyatida davlat mulki faqat E-ijro auksion orqali sotiladi va ijaraga beriladi


Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi, deb yozadi Norma.

Hukumat Toshkent viloyatida davlat aktivlarini elektron savdolar orqali sotish va ijaraga berish mexanizmini eksperiment tariqasida joriy etishga qaror qildi. Toshkent viloyatida davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish faqat “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasida onlayn-auksionlar shaklida tashkil etiladigan elektron savdolar orqali:

a) 2018-yil 10-maydan boshlab — xususiylashtiriladigan, shu jumladan “nol” xarid qiymati bo‘yicha, ko‘chmas mulk davlat obyektlari, shuningdek, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilish sharti bilan sotiladi;

b) 2018-yil 1-iyuldan boshlab — davlat mulki ijaraga beriladi.

Davlat aktivlarini elektron savdolarga qo‘yish bilan bog‘liq barcha turdagi ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsat berish tartibotlari ular elektron savdolarga qo‘yilgungacha amalga oshiriladi. Savdolarda turgan davlat mulki obyektlarini elektron savdoga qo‘yishda ular qayta baholanmaydi hamda elektron savdolarga qo‘yilgan sanada shakllangan narxlar bo‘yicha savdoga qo‘yiladi.

Elektron savdolarni o‘tkazganlik uchun savdolar tashkilotchisi xizmatlariga haq to‘lash sotuvchi yoki ijaraga beruvchi tomonidan, tegishli ravishda sotiladigan davlat mulki obyekti qiymatining yoki ijaraga beriladigan davlat mulki uchun yillik ijara to‘lovining 1 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlaridagi davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют