» » Texasda turmushga chiqishga rozi bo‘lmagan 16 yoshli qizni ota-onasi qizib turgan yog‘ bilan azoblagan

Texasda turmushga chiqishga rozi bo‘lmagan 16 yoshli qizni ota-onasi qizib turgan yog‘ bilan azoblagan


AQShning Texas shtatida yanvar oxirida bedarak yo‘qolgan o‘quvchi qizning ota-onasi u o‘zlari aytgan erkakka turmushga chiqishni istamagani uchun uni qiynoqqa solgan, deb yozadi Forum Daily.

16 yoshli Maarib Al-Xishmaviy 30-yanvar kuni yo‘qolib qolgan. O‘shandan buyon u o‘ziga g‘amxo‘rlik qilgan bir tashkilotda ota-onasidan yashirinib yurgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa shaharda yashaydigan erkakka turmushga chiqishga rozi bo‘lmagan qizning ota-onasi uni supurgi bilan savalab, qizib turgan yog‘ bilan azoblagan. Xabarlarga ko‘ra, ota-ona 20 ming dollar evaziga majburiy nikoh haqida kelishib olgan.

O‘smir qiz va uning 5—15 yoshdagi besh uka-singillarini bolalarni himoya qilish markaziga joylashtirishdi. Ularning ota-onasi oila a’zolariga nisbatan doimiy ravishda zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda. Ayni paytda ular hibsda saqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют