» » Rossiyalik diplomatlar Kanadani o‘n kun ichida tark etishi kerak

Rossiyalik diplomatlar Kanadani o‘n kun ichida tark etishi kerak


Kanada tashqi ishlar vazirligining tegishli ro‘yxatiga tushgan rossiyalik to‘rt diplomat Kanadani yaqin o‘n kun ichida tark etishi kerak. Bu haqda 26-mart, dushanba kuni Kanada transport vaziri Mark Garno jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Ular muayyan vaqt ichida kuzatuvda bo‘ldi”, — dedi vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu diplomatlar Rossiyaning Ottavadagi elchixonasida va Monrealdagi bosh konsulligida ishlaydi. “Ular yaqin o‘n kun ichida mamlakatdan ketishi kerak”, — dedi Mark Garno.

Avvalroq Buyuk Britaniyada rossiyalik sobiq agent Sergey Skripalning zaharlab o‘ldirilishi bilan bog‘liq tarzda AQSh 48 nafar, Kanada to‘rt nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishi ma’lum bo‘lgan edi. Keyinroq Skripal ishi munosabati bilan Buyuk Britaniyaga xayrixohlik ifodasi o‘laroq Yevroittifoqning 28 a’zo davlatidan 14 nafari rossiyalik diplomatlarni o‘z hududidan chiqarib yuborishi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют